Fargʻonada 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilib ketdi
Foto: FVB
Fargʻona shahrida 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilib ketdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 19-aprel kuni soat 22:00 da Fargʻona shahar Madadkor hamda Madaniyat mahallalari kesishmasidagi kichik halqa yoʻli yonida 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilishi kuzatilgan.
Buning ortidan Madadkor, Yangisoy, Toʻqimachilar, M.Ulugʻbek hamda Yoshlar MFY hududlari avariya bartaraf etilguniga qadar ichimlik suvi tarmogʻidan vaqtincha uzilgan.
“Hozirda barcha zaruriy choralar koʻrilib, hamkorlikdagi kuch va vositalar yordamida avariyani bartaraf etish ishlari olib borilmoqda”, deb yozadi FVB axborot xizmati.
Sodir boʻlgan holat yuzasidan hali qoʻshimcha maʼlumot berilmadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring