Fargʻonada zaharlangan bolalarning 22 nafariga uyiga javob berildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Fargʻona shahridagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgan tarbiyalanuvchilarning 22 nafariga uyiga javob berildi. Bu haqda viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, 25-fevral soat 08:00 holatiga koʻra, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamda Fargʻona shahar bolalar shifoxonasida davolangan 22 nafar bola sogʻligʻi yaxshilangani munosabati bilan uyiga ruxsat etilgan. Ular ambulator nazoratda.
Qolgan bemorlarning ahvoli nisbatan qoniqarli. Bugun kun oxiriga qadar yana bir necha nafar bolani uyiga javob berish rejalashtirilgan.
Bildirilishicha, mutaxassislar tomonidan MTT oshxonalari va oziq-ovqat yetkazib beruvchi korxonada tekshiruvlar oʻtkazilib, laboratoriya namunalari tahlilga yuborilgan. Natijalar 10 kun ichida jamoatchilikka eʼlon qilinadi.
Qoʻshimcha qilinishicha, holat tegishli idoralar tomonidan belgilangan tartibda oʻrganilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring