Fargʻonada yuk avtomobili yonib ketdi
Foto: Fargʻona viloyati FVB
Fargʻona viloyatining Yozyovon tumanida yuk avtomobili yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 10-oktyabr kuni soat 06:02 da “Yangi Boʻston” MFY hududidan oʻtuvchi A-373 Andijon–Toshkent yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan “Volvo” rusumli furada yongʻin sodir boʻlgan.
Yongʻin oʻchirish ekipajlari voqea joyiga soat 06:22 da yetib kelgan. Yongʻin 06:23 da oʻrab olinib, 06:26 da toʻliq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Qayd etilishicha, hozirda yongʻinning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring