Fargʻonada yoshlarga yer maydoni ajratib berilmoqda
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Bugun har qachongidan ham koʻproq eʼtibor va gʻamxoʻrlik yoshlarni munosib yashashi, mehnat qilishi uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilmoqda. Buni Toshloq tumanida amalga oshirilayotgan loyihalar misolida ham koʻrish mumkin.
— Ayni paytda “Yoshlar daftari”da turgan qariyb 1,5 ming nafar yigit-qizlarga 290 gektar yer ajratish ishlari nihoyasiga yetmoqda, — deydi Toshloq tumani Yoshlar ishlari boʻlimi rahbari Dostonbek Yoʻldoshev. — Yer maydonlari “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida ijara shartnomasi boʻyicha 30-yilga ajratib berilmoqda.
Yoshlarga bu yerda mahallalar ixtisoslashuvidan kelib chiqib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ekish, ekinlarni parvarishlash, ichki bozorga chiqarish va eksport qilishgacha boʻlgan barcha jarayonda koʻmaklashiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring