Fargʻonada yosh polvonlar bellashuvi oʻtkazildi
Foto: Xalq so‘zi
Fargʻona shahridagi “Samo” sport majmuasida 6-sentyabr – Kurash kuni munosabati bilan sportning kurash turi boʻyicha “Viloyat hokimi kubogi-2022” musobaqasi oʻtkazildi.

— Bu musobaqa yangi avlod vakillarini milliy sport turlariga qiziqtirish maqsadida tashkil etildi,-deydi Fargʻona viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligʻi Nodirbek Hakimov. — Boisi viloyatning Yozyovon, Fargʻona, Oltiariq kabi bir qator tumanlarida bu borada oʻziga xos mahorat maktablari shakllangan. Ayni jarayondagi yutuqlar uchun Fargʻona viloyati hokimligi Oʻzbekiston Kurash federatsiyasining tashakkurnomasi bilan taqdirlangani ham bejiz emas.
Musobaqaning shahar-tuman bosqichlarida gʻolib boʻlgan 130 nafardan ziyod yosh kurashchilar viloyat hokimi kubogi uchun murosasiz bahs olib borishdi. 11 ta vazn toifasi gʻoliblari kurash boʻyicha viloyat terma jamoasi aʼzoligiga yangi nomzod sifatida saralab olindi.
Gʻoliblarga diplom hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring