Fargʻonada tanlov gʻoliblari taqdirlandi

13:08 12 Avgust 2024 Jamiyat
192 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Yurtimizda iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Mirzo Ulugʻbek vorislari” respublika tanlovi oʻtkazib kelinmoqda. Bu yil 3162 nafar fargʻonalik yigit-qizlar tanlovda qatnashish istagini bildirib, oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdi.

Viloyatda tanlovning tuman-shahar bosqichi tashkil etilib, har bir hududdan 16-25 yoshgacha navqiron avlod vakillari oʻz loyihalar bilan qatnashdi. Birinchi bosqichda 95 nafar gʻolib aniqlanib, viloyat bosqichiga yoʻllanma oldi. 25-26-aprel kunlari oʻtkazilgan viloyat bosqichida 20 nafar nomzod saralanib, respublika bosqichida ishtirok etdi.

Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan tanlovning respublika bosqichida ishtirok etgan 20 nafar fargʻonalik yoshlarning 7 nafari gʻolib boʻldi. Ular “Ulugʻbek” jamgʻarmasi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobarida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi.

— Viloyatimizda tanlov gʻoliblari alohida ragʻbatlantirildi, — deydi Fargʻona viloyati oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Toʻychiboy Boymatov. — Fargʻona shahrida yangi qurib bitkazilgan Lolaxon Murotova nomidagi viloyat qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi binosida taqdirlash marosimi oʻtkazilib, 95 nafar tuman va shahar bosqichi gʻoliblarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari, viloyat bosqichining 20 nafar gʻoliblariga bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida bir martalik pul mukofotlari topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер