Fargʻonada tadbirkorning mulkini oʻzlashtirgan firibgarlar aniqlandi

15:05 17 Yanvar 2022 Jamiyat
942 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻqon shahar boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar A.E. va Oʻ.A.lar oʻzganing mulkni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida, “F.Z.” MCHJ taʼsischisi O.ning sogʻligʻi yomonlashganidan foydalanib, uning ishonchiga kirib, MCHJ tomonidan kredit mablagʻi evaziga xarid qilingan 12 ta komplektdagi muzlatkich kameralarini Uchkoʻprik tumani “Mullazoir” QFY hududiga koʻchirib, keyinchalik muzlatkichlarni ehtiyot qismlarga ajratishib, boshqa fuqarolarga naqd pulga sotib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер