Fargʻonada “Tadbirkorga koʻmak” markazlari ish boshladi
Foto: Халқ сўзи
“Soliqchi-koʻmakchi” tamoyili asosida soliq toʻlovchilarga yanada sifatli xizmat koʻrsatishni taʼminlash maqsadida Fargʻona viloyati davlat soliq boshqarmasi tashabbusi bilan shahar va tumanlarda “Tadbirkorga koʻmak” markazlari tashkil etilmoqda.
Hozirgi kunda Fargʻona, Margʻilon, Qoʻqon shaharlaridagi markaziy dehqon bozorlarida ana shunday markazlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Tadbirkorlar soliq sohasiga oid biror muammoni bevosita davlat soliq inspeksiyasiga bormay, “Tadbirkorga koʻmak” markazining oʻzida hal etishlari mumkin. Markazlarga bir nafardan soliq idorasi xodimi biriktirilgan boʻlib, tezkor xizmat koʻrsatish uchun barcha sharoit yaratilgan.
— 2022-yilning birinchi choragida qariyb 9 mingta tadbirkorlik subyekti muammolari oʻrganildi, — deydi Fargʻona viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati rahbari Sarvar Gʻiyosov. — Shu asosda tadbirkorlarga buxgalteriya hisobini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qoʻllash tartibi, QQS toʻlovlari boʻyicha amaliy koʻmak koʻrsatildi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring