Fargʻonada start olgan “Drift shou” tadbiri Qoʻqon shahrida ham oʻtkazildi
Soʻngi yillarda Oʻzbekistonda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, turistlar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish, ularga koʻrsatilayotgan turizm xizmatlari salohiyatini yanada yaxshilash va takomillashtirish, shuningdek, jahon turistik xizmat bozorida Oʻzbekistonning turistik salohiyati, tabiiy potensiali va resurslarini namoyish qilish, yurtimizning turizm sohasidagi ijobiy qiyofasini shakllantirish hamda mamlakatimizning yangi turizm brendlarini yaratish va uning asosida targʻibot ishlarini amalga oshirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Fargʻona viloyati hokimligi va Oʻzbekiston avto-moto turizm assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda Qoʻqon shahar “Xudoyorxon oʻrdasi” avtoturargohida avto va motosport ixlosmandlari uchun “Drift shou” oʻtkazildi.
Tadbirda qoʻshni Qirgʻiziston, Tojikiston davlatlari va Respublikamizning bir qator viloyatlaridan haydovchilar oʻzlarining maxsus tayyorlangan transport vositalarida ishtirok etishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring