Fargʻonada sodir boʻlgan YTHda 2 nafar yoʻlovchi vafot etdi
Foto: Fargʻona viloyati YHXB
Fargʻona shahrida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi oqibatida ikki nafar yoʻlovchi vafot etdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 29-avgust kuni soat 03:30 larda Fargʻona shahar Kirgili mavzesi hududidan oʻtgan 4R-140A “Fargʻona shahriga” avtomobil yoʻlining 8 km.da sodir boʻlgan. Oʻsha kuni 2005-yilda tugʻilgan haydovchi T.A. “Spark” rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, keskin tormoz bosib yuborishi tufayli boshqaruvni yoʻqotib yoʻl chetida beton simyogʻochga urilib yoʻl-transport hodisasini sodir etgan.
Oqibatda “Spark” avtomobil yoʻlovchilari 2005-yilda tugʻilgan Q.M., 2005-yilda tugʻilgan Yu.A, 2004-yilda tugʻilgan E.Sh., va N.F. lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan avtomobilda boʻlgan ikki yoʻlovchi Q.M. va Yu.A.lar shifoxonada vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring