Fargʻonada saylovga tayyorgarlik qanday ketmoqda?

17:04 06 Oktyabr 2021 Jamiyat
629 0

Foto: Botir Madiyorov / Xalq so'zi

MDH saylovlarni kuzatish missiyasi shtabi boshligʻi Yevgeniy Kozyakning Fargʻona viloyatiga tashrifi doirasida bir qator uchrashuvlar tashkil etildi.

Xalqaro kuzatuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 11-Fargʻona okrug saylov komissiyasi faoliyati bilan tanishdi. Y. Kozyak, ayniqsa, okrug saylov komissiyasi huzuridagi matbuot markazida OAV vakillariga yaratilgan qulayliklarni alohida eʼtirof etdi.

Shuningdek, Fargʻona shahrida joylashgan 67-, 95-, 88-saylov uchastkalarida boʻlib, muhim siyosiy jarayonga tayyorgarlik ishlarini yaqindan oʻrgandi. Uchastka saylov komissiyalari raislari bilan suhbatlashdi.

– Oʻzbekistonda Prezident va parlament saylovlarida bir necha bor ishtirok etganman, – deydi Yevgeniy Kozyak. – Yangi Saylov kodeksi oldinda turgan siyosiy tadbirni yanada yuksak darajada, uyushqoqlik bilan oʻtkazish imkonini beradi. Joriy yilning 24-oktabr kuni boʻlib oʻtadigan Prezident saylovi mamlakatingiz hayotida yangi taraqqiyot yoʻlini boshlab berishiga ishonaman.

11-Fargʻona okrug saylov komissiyasi raisi Erkinjon Nuraliyevning maʼlum qilishicha,bu yilgi saylovda 2 million 182 ming 24 nafar fargʻonalik saylash huquqidan foydalanadi. Saylovchilarning 634 ming 586 nafarini 18-30 yoshdagilar tashkil etsa, 141 ming 615 nafari birinchi marta ovoz beruvchi yosh avlod vakillaridir.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер