Fargʻonada Qozogʻiston kompaniyasi bilan hamkorlikda savdo uyi ochildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Fargʻona shahrining Mustaqillik shohkoʻchasida Qozogʻistonning “Q4 Tulpar” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Tulpor” avtomobil savdo uyi ish boshladi.
— Savdo uyida yangi avtomobillarni sotish bilan birga, foydalanilgan eski avtomobillarni ham sotib olish, sotish, eski mashinani yangisiga almashtirish hamda sifatli texnik xizmat koʻrsatish faoliyati amalga oshiriladi, — deydi tadbirkor Ulugʻbek Paygʻamov. — Shuningdek, qulay xaridni amalga oshirish uchun avtosalonning oʻzida bank filiali va notarius idorasi faoliyati ham yoʻlga qoʻyildi.
Qozogʻistonda 14 ta filiali mavjud boʻlgan “Q4 Tulpar” kompaniyasi bilan hamkorlikda yaqinda Qoʻqon shahrida filial ochish rejalashtirilmoqda. Yaqin istiqbolda esa Andijon, Buxoro, Samarqand va mamlakatimizning boshqa shaharlarida ham kompaniya faoliyatini yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilgan.
“Tulpor” avtomobil savdo uyining ish boshlashi natijasida qirqqa yaqin fargʻonalik yoshlar uchun doimiy ish oʻrni yaratildi.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring