Fargʻonada oʻtkazilgan aksiyada 500 ga yaqin fuqaro oʻz hujjatiga ega boʻldi

15:40 02 Fevral 2024 Jamiyat
227 0

Adliya vazirligi tashabbusi oʻtkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” mavzuidagi huquqiy aksiyada Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi, tuman va shahar adliya boʻlimlari ham faollik koʻrsatishmoqda.

Xususan, Fargʻona tumani FHDY boʻlimi tomonidan oʻrganishlar davomida “Shifokor” MFYda yashovchi Gulhayo Shamsiddinovaning 2014 va 2017-yillari Toshkent shahrida tugʻilgan ikki nafar farzandining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi yoʻqolganligi aniqlandi. FHDY boʻlimi tomonidan kerakli barcha ishlar bajarilib, guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, Oltiariq tuman FHDY boʻlimi tomonidan “Sharq” MFY hududidagi oʻrganishlar mobaynida Munojat Hamdamova hamda Mahfirat Iskandarovalarning 2004-yil va 2007-yilda tugʻilgan farzandlariga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma olinmaganligi aniqlandi. Natijada tegishli tashkilotlar yordamida ularning maʼlumotlari jamlanib, sud tartibida tugʻilganlik faktlari belgilandi va sudning qarori asosida ularning tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari rasmiylashtirib berildi.

— Aksiya doirasida viloyat boʻylab 500 ga yaqin fuqarolarning koʻp yillik muammolari hal etilib, ularga kerakli hujjatlari olib berildi, — deydi Fargʻona viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Ulugʻbek Mahmudov. — Adliya idoralari xodimlari bu kabi muhim hayotiy jarayonlarda yanada faol boʻlishni ustuvor vazifa sifatida belgilab olishgan.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер