Fargʻonada oliy oʻquv yurti oʻqituvchisi qimor oʻyinlariga pul tikib yutqazgani uchun qabristonda oʻzini osdi
Fargʻona davlat universiteti oʻqituvchisi qimor oʻyinlarida katta miqdorda pul yoʻqotib, oʻz joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, u 16-noyabr kuni doʻstidan qarz olgan. Magʻlubiyatga uchragach, u uy yaqinidagi qabristonda osilgan holda topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring