Farg‘onada okrug saylov komissiyasi ish boshladi

19:00 23 May 2023 Jamiyat
508 0

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 11-Farg‘ona okrug saylov komissiyasining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ma’lumki, 2023 yil 9 iyul kuni muddatidan oldin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashining navbatdagi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 11-Farg‘ona okrug saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar tavsiya etilgandi. Unda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishda yetarli ish tajribasiga ega bo‘lgan, aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor topgan fuqarolar orasidan 21 nafar a’zo va ular orasidan komissiya raisi, o‘rinbosari, kotibi ma’qullangan edi.

Komissiya raisi Erkinjon Nuraliyev boshqarib borgan yig‘ilishda komissiya a’zolari kun tartibidagi tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha ish rejasi tasdiqlandi.

- O‘z navbatida bugun komissiya a’zolarining vazifalari taqsimlanib, 19 ta tuman-shahar kesimida ish tashkil etish masalasi kelishib olindi,-deydi 11-Farg‘ona okrug saylov komissiyasi a’zosi Abror Otaboyev. – Shu bilan birga saylovga tayyorgarlik ko‘rish doirasida komissiyasi a’zolarining navbatchilik jadvali belgilandi. Okrug komissiyasi a’zolarining vazifalar taqsimoti ham belgilab olindi.

Botir Madiyorov, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер