Fargʻonada noqulay ob-havo sabab tarixiy bino devori qulab tushdi
Foto: Madaniy meros agentligi
Respublikamizning deyarli barcha hududlarida ikki–uch kundan buyon kuzatilayotgan tabiiy yogʻingarchilik madaniy meros obyektiga ham oʻz taʼsirini koʻrsatdi.

Xususan, Margʻilon shahar Guravel MFY hududida joylashgan Safed toʻda masjidi devorining bir qismi qulab tushdi.

Mazkur muammo yuzasidan Fargʻona viloyat madaniy meros boshqarmasi xodimlari tomonidan ishchi guruh tuzildi.

Masʼullar masjid binosini oʻrganish va uning qolgan qismini asrab qolish uchun chora-tadbirlar koʻrishmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring