Fargʻonada MMTB bosh mutaxassisi 2 ming dollar pora bilan ushlandi

11:07 15 Avgust 2025 Jamiyat
239 0

Foto: DXX

Fargʻona viloyatida Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bosh mutaxassisi 2 ming dollar pora olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Margʻilon shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bosh mutaxassisi fuqaroga davlat xususiy sherikchilik asosida bogʻcha ochishi uchun vazirlikda ishlovchi tanishlari orqali ruxsatnoma olib berishini aytgan.

U buning evaziga xizmat xonasida 2 ming dollar olgan vaqtida DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xodimlari tomonidan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер