Fargʻonada Milliy qadriyatlar kuni oʻtkazildi

17:07 02 Noyabr 2023 Jamiyat
368 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Maʼlumki, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan 31-oktyabr mamlakatimizdagi barcha oliy hamda professional taʼlim muassasalarida Milliy qadriyatlar kunini oʻtkazish yaxshi anʼanaga aylanib bormoqda.

Ezgu tashabbus doirasida joriy yilda Fargʻona viloyatidagi oliy va professional taʼlim muassasalarida “Milliy qadriyatlarning eng faol targʻibotchisi” tanlovi tashkil etilib, “Milliy libos”, “Milliy raqs”, “Milliy taom”, “Milliy sport” va “Milliy qoʻshiq” nominatsiyalari boʻyicha gʻoliblar aniqlandi.

— Shu kuni navqiron avlod vakillari oʻrtasida nafaqat milliy qadriyatlarimiz keng targʻib etildi, shu bilan birga talaba va oʻquvchilarning viloyatdagi muzeylarga sayohati tashkil etildi,—deydi Fargʻona viloyati oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi mutaxassisi Baxtiyor Baratov. —Shuningdek, “Sport bilan ogʻusiz hayot sari” shiori ostida turfa musobaqalar, milliy xalq oʻyinlari va bellashuvlar boʻlib oʻtdi.

Oʻz navbatida bilim dargohlarining masʼul xodimlari ishtirokida notinch va noqobil oilalarda tarbiya olayotgan talaba va oʻquvchilar bilan psixologik suhbatlar olib borish amaliyotini yanada takomillashtirish rejasi ishlab chiqildi.

Tadbirlar yakunida faol qatnashchilar munosib ragʻbatlantirildi.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер