Fargʻonada mikroavtobus yonib ketdi
Foto: Fargʻona viloyati FVB
Fargʻona shahridagi avtoturargohdagi avtoturargohda toʻxtab turgan mikroavtobus yonib ketdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, voqea bugun, 4-avgust kuni soat 15:27 Fargʻona shahar Dadxox koʻchasida joylashgan avtoturargohda yuz bergan. Aniqlik kiritilishicha, shu hududda toʻxtab turgan oq rangli “ГАЗель” rusumli mikroavtobusda yongʻin sodir boʻlgan.
Hodisa joyiga yongʻin qutqaruvchilar soat 15:30 da yetib borib, 15:31 da alangani oʻrab olgan va 15:32 da batamom oʻchirgan.
“Yongʻin natijasida jabrlanganlar yoʻq”, deyiladi FVB xabarida.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring