Fargʻonada MCHJni qasddan bankrotlikka olib kelish holati aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “D.” MCHJ rahbari E.K. va boshqalar “N.Ph.” va “N.P.” MCHJlardan jami 2,2 mlrd soʻmlik dori vositalarini olib, ushbu dori vositalari sotuvidan tushgan naqd pullarini bankka topshirmasdan, jami 1,8 mlrd soʻm qarzdorligini toʻlamasdan, ukasi E.K.ning nomiga boshqa MCHJni tashkil qilib, “D.” MCHJ balansidagi tovarlarni ushbu MCHJ orqali realizatsiya qilib, “D.” MCHJni qasddan toʻlovga qobiliyatsizligiga (bankrotlikka) olib kelganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 181-1-moddasi (qasddan bankrotlikka olib kelish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring