Fargʻonada mast holatdagi er xotinini pichoqlab oʻldirdi
Fargʻona viloyati Buvayda tumanida spirtli ichimlik taʼsirida boʻlgan er xotinini pichoqlab oʻldirdi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturi xabar berdi.
Oilaviy nizolar sabab xotinining onasinikiga ketib qolganidan alamzada boʻlgan erkak qaynonasining uyiga mast holatda borgan. Xotini bilan janjallashib qolgach, qoʻlidagi oshxona pichogʻi bilan uning koʻkrak qismiga zarba bergan.
Ogʻir tan jarohati olish oqibatida ayol voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Buvayda tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, erkakka nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring