Fargʻonada korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi oʻtkaziladi

19:35 20 Noyabr 2023 Jamiyat
426 0

Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning 2023-yil 17-noyabrdagi “Viloyat hududida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish toʻgʻrisida”gi farmoyishiga koʻra, joriy yil 20-noyabrdan 20-dekabrga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” boʻlib oʻtadi.

Oylik doirasida viloyatdagi mahalliy hokimliklar, xalq deputatlari shahar–tuman Kengashlari deputatlari, sektorlar rahbarlari, mahallalarda faoliyat koʻrsatayotgan hokim yordamchilari, maktab va maktabgacha taʼlim, kadastr, qurilish boʻlimi hamda tibbiyot muassasalari rahbarlari ishtirokida seminar–treninglar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

— Bugun farmoyish ijrosini izchil ravishda taʼminlash maqsadida Fargʻona va Margʻilon shahrida ilk seminar–treninglar tashkil etildi, — deydi viloyat hokimligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi Farhod Noʻmonov. — Belgilangan reja asosida har bir shahar–tumanda ushbu mavzuda yuzma–yuz muloqotlar boʻlib oʻtadi.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер