Fargʻonada Kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi mansabdori qoʻlga olindi

16:45 07 Aprel 2026 Jamiyat
230 0

Videodan kadr

Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Qoʻshtepa tumani Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda 27 yoshli mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali uni Andijon viloyatidagi oliy taʼlim muassasalaridan birining sirtqi yoʻnalishiga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan.

Evaziga 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan qonunbuzarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер