Fargʻonada YPX xodimi qoidani buzdi

10:41 26 Yanvar 2021 Jamiyat
999 0

Ijtimoiy tarmoqda “Fargʻonada YPX xodimi qoidani buzdi” sarlavhasi ostida tarqalgan foto surat yuzasidan maʼlumot berildi.

Qayd etilishicha, suratda Fargʻona viloyati, Margʻilon shahar Turkiston va Xiyobon koʻchalari kesishmasida viloyat IIB YHXBga tegishli boʻlgan «Lasetti» rusumli, 40 130 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomashinasi haydovchisi yoʻl harakati qoidalarining talablarini bilishlari, ularga amal qilishlari, shuningdek ularga berilgan vakolat doirasida yoʻllarda harakatni tartibga soluvchilarning koʻrsatmalarini soʻzsiz bajarishlari shart)da belgilangan talablarni buzgan holda, avtomobil yoʻlida chizilgan 1.1 (qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning xavfli joylaridagi harakatlanish boʻlagi chegarasini bildiradi, yoʻlning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi, transport vositalarining toʻxtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yoʻlning qatnov qismi chegarasini bildiradi, chiziqni bosib oʻtish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qoʻllanilgan 1.1 chizigʻi bundan mustasno) yoʻl yotiq chizigʻini bosib harakatlanganligi aks etgan.

Holat oʻrganildi va «Lasetti» rusumli, 40 130 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomashinasi biriktirilgan haydovchi xodimga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер