Fargʻonada YPH: 3 kishi halok boʻldi, 6 kishi jarohatlangan
Fotо: tergov_uz
2020-yil 18-fevral kuni soat taxminan 08:30 larda Dangʻara tumani A-373-raqamli “Qoʻqon-Toshkent” avtomobil yoʻlining Chinobod qishlogʻi hududida 35-yoshli fuqaro A.U., boshqaruvida boʻlgan “Nexia” rusumli avtomashinani Toshkent-Qoʻqon yoʻnalishi boʻylab boshqarib ketayotgan vaqtida yoʻlning qarama-qarshi yoʻnalishiga chiqib ketib, Qoʻqon-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha harakatlanib ketayotgan 37-yoshli Y.A.ning boshqaruvida boʻlgan “Tico” rusumli avtomashina hamda uning ortidan harakatlanib kelayotgan 49-yoshli Z.J.ning boshqaruvida boʻlgan “Jentra” rusumli avtomashinalar bilan toʻqnashib ketgan.
Oqibatda “Jentra” rusumli avtomashina yoʻlovchisi X.M. va “Tico”rusumli avtomashina haydovchisi A.Y. hamda yoʻlovchi B.M.lar olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan. Bundan tashqari, YTH oqibatida avtomashinada boʻlgan yana 6 nafar shaxs shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Dangʻara tumani IIB huzuridagi TB tomonidan A.U.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan (odamlar oʻlimiga sabab boʻlgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalarini harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligining qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan deyiladi Fargʻona IIB axborot xizmati xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring