Fargʻonada issiqxona xoʻjaligi va chorvachilik rivojlanmoqda

14:33 10 Oktyabr 2023 Jamiyat
323 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitovning agrar sohada joylardagi islohotlar izchilligini taʼminlash, olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Fargʻona viloyatida ishchi tashrif bilan boʻlib turgani haqida xabar bergan edik.

Vazir Uchkoʻprik tumani “Bogʻiboʻston” MFY hududida “Uchkoʻprik Vegetable Business” MCHJ tomonidan tashkil etilgan issiqxona majmuasini ham koʻzdan kechirdi.

Issiqxonaning umumiy maydoni 3 gektarni tashkil etadi. Bu yerga shirin qalampirning “Ferrari” navi ekilgan boʻlib, u asosan Qozogʻiston Respublikasiga eksport qilinadi. Ushbu navning sifati yuqoriligi va eti goʻshtliligi bois, gastronomik biznesda unga talab kundan-kunga oshib bormoqda.

Toʻliq koʻmir yoqilgʻisida isitishga moʻljallangan issiqxonada yetishtirilayotgan shirin qalampirning gektaridan 160 tonnagacha hosil olish koʻzda tutilgan.

Vazirning tashrif dasturi boʻyicha keyingi manzil Bagʻdod tumanining “Dasht” MFY hududida joylashgan “Gʻofurjon dehqon” MCHJga qarashli naslchilik yoʻnalishidagi chorvachilik kompleksi boʻldi.

Ushbu fermada ayni vaqtda 810 bosh qoramol boqilmoqda. Bir kunda oʻrta hisobda 10 tonna sut sogʻib olinadi. Bitta sigir oʻrtacha hisobda 27,6-28 litr atrofida sut bermoqda. Sutlarning yogʻlilik darajasi 3,8 — 4%.

Bundan tashqari uchrashuvda bugungi kundagi ozuqa-yem bazasini arzonlashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Chetdan olib kelinayotgan ozuqani oʻzimizda ishlab chiqarish uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan oʻzlashtirish va narxini arzonlashtirish masalalari boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish belgilab olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер