Fargʻonada hayvonot bogʻidagi zebra nobud boʻldi
Zebra 12 yoshda boʻlgan. U bogʻga 5 yoshida olib kelingan.
Zebralar oʻrtacha 10-15 yil umr koʻradi. Togʻ va grevi zebralari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.
Fargʻona viloyat prokuraturasi, viloyat Ekologiya boshqarmasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilotlar ishtirokida dalolatnomaga asosan zebra jasadini tekshirilib, hozirda laboratoriya tahlil ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring