Fargʻonada fuqaroning tadbirkorlik faoliyati qonuniylashtirildi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻshtepa tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan profilaktik tadbirlar jarayonida, fuqaro S.Muxammadjonov oʻz xonadonida tegishli hujjatlarsiz profil eshik va romlar ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, uning faoliyati qonuniy yordam berildi.
Bu yerda oʻrnatilgan uskunalar 1 oyda 60 dona eshik va romlar ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlib, oʻz faoliyatini 3 oy oldin yoʻlga qoʻygan.
Olib borilgan profilaktik suhbat jarayonida qonuniy tadbirkorlik faoliyatining afzalliklari, soliq imtiyozlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Natijada tadbirkor ortiqcha ovoragarchiliklarsiz shu yerning oʻzida davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, “Oltin yulduz eshik rom” MCHJ tashkil etilib, 4 nafar yoshning rasman ish bilan bandligi taʼminlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring