Fargʻonada erkak oʻgʻrilik qilish maqsadida birovning uyiga kirib, homilador ayolni pichoqlagan

23:50 05 Oktyabr 2021 Jamiyat
1392 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyatida homilador ayolning shafqatsizlarcha oʻldirilgani haqida maʼlumot tarqaldi. Bosh prokuratura hodisa yuzasidan izoh berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, shu yilning iyun oyida Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida nomaʼlum erkak uyga oʻgʻirlik qilish maqsadida kirib kelgan. Bu vaqtda uyda homilador ayol boʻlgan. Oʻgʻri homilador ayolni koʻrgan va unga pichoq sanchgan. Oqibatda ayol kasalxonada vafot etgan.

23-iyun kuni Yozyovon tuman prokuraturasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) va 164-moddasi (talonchilik) bilan ish ochgan edi.

Keyinchalik huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari gumonlanuvchini topib, uni hibsga olgan.

Joriy yilning 16-sentabrida ish Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona viloyat sudiga oʻtkazildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер