Fargʻonada eng faol hokim yordamchilari ragʻbatlantirildi

19:10 24 May 2022 Jamiyat
1499 0

Foto: Халқ сўзи

Fargʻona viloyati Tadbirkorlar uyida shahar va tumanlarda faoliyat olib borayotgan eng faol hokim yordamchilarini taqdirlashga bagʻishlangan tantanali tadbir tashkil etildi.

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi Abrorjon Rahmonovning qayd etishicha, shu yilning birinchi chorak yakuni boʻyicha viloyatdagi 1 ming 62 MFYda hokim yordamchilarining samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) “Onlayn mahalla” platformasi orqali baholab borildi.

Shunga koʻra, viloyatda eng yaxshi natija koʻrsatgan Bagʻdod tumani “Chekxitoy” MFYdagi hokim yordamchisi Nurmatjon Gʻoziyevga Prezidentimiz tomonidan ajratilgan sovgʻa – noutbuk tantanali ravishda topshirildi. Oʻz navbatida ijobiy natijaga erishgan 342 nafar hokim yordamchilari Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan taqdirlandi.

— Yigʻilishda hokim yordamchilarining ish faoliyati boʻyicha Fargʻona viloyati respublikada namunaviy deb topilgani bizni behad quvontirdi, — deydi Quva tumani “Turk” MFYda hokim yordamchisi sifatida faoliyat koʻrsatayotgan Alisher Anvarov. — Oʻtgan davrda hududimizdagi 1 ming 300 ta oilada yashovchi aholi toʻliq xatlovdan oʻtkazilib, bogʻdorchilik, dehqonchilik va chorvachilikni yanada rivojlantirish mahallaning oʻsish nuqtasi – “drayver”i sifatida belgilandi. 219 nafar ishsiz aniqlanib, birinchi chorakning oʻzida 120 nafari ish bilan taʼminlandi. 14 oilaga imtiyozli kredit ajratilishi evaziga 22 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Ayni chogʻda bu boradagi ishlar qamrovi va samaradorligini yanada kengaytirish harakatidamiz.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер