Fargʻonada Damas haydovchisi mashinasida 28 nafar bogʻcha bolasini olib ketayotgani aniqlandi
Fargʻonada haydovchi Damasʻda 28 nafar bogʻcha bolasini olib ketayotgani aniqlandi. Bu haqda “Mening yurtim” telekanali “Markaziy studiya” informatsion dasturida maʼlum qilindi.
YPX xodimlari mashinani toʻxtatganda, mashina salonida 28 nafar bogʻcha tarbiyalanuvchilarini olib ketayotgani aniqlangan. Damasʻning old oʻrindigʻining oʻzida 5 nafar bola oʻtirgan. Bundan tashqari mashinaning orqa eshiklari yaxshi yopilmagan.
Haydovchidan tegishli hujjatlar talab qilinganida haydovchilik guvohnomasi ham boshqa hujjatlar ham yonida yoʻqligini aniqlangan.
Maʼlum qilinishicha, haydovchiga tegishli chora koʻriladi, Damas esa jarima maydonchasiga olib boriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring