Fargʻonada “Cobalt”dan 230,4 ming dona pirotexnika vositalari topildi
Fargʻona shahrida Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tadbir davomida “Vodil-Fargʻona” yoʻnalishida harakatlanayotgan “Cobalt” rusumli avtomashina saloni va yukxonasida fuqaro X.D.ga tegishli boʻlgan, xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan 230,4 ming dona “Britanik” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.
Pirotexnika vositalarining umumiy qiymati 57,6 million soʻm ekanligi aytildi.
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring