Fargʻonada aksiz markasiz tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltiariq tumani boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro H.A. va boshqalar qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish qoidalarini buzgan holda kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan 3 ming quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini olib kirganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) va 223-moddasi (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring