Fargʻonada 71 mln soʻmlik “paqildoq” olib ketayotgan “Spark” toʻxtatildi

21:10 10 Dekabr 2024 Jamiyat
371 0

Foto: Bojxona qoʻmitasi

Fargʻona viloyati Dangʻara tumani 85 ming 856 dona pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sirdaryo va Fargʻona viloyatlarining bojxona boshqarmalari IIB xodimlari bilan hamkorlikda Dangʻara tumani hududida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanuviga qarshi tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Tadbir davomida “Spark” rusumli yengil avtotransport vositasi Dangʻara tumani hududida toʻxtatilib belgilangan tartibda koʻzdan kechirilgan. Unda avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 71 mln soʻmlik 3 turdan iborat jami 85 856 dona salyut va petardalar borligi aniqlangan.

Xozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер