Fargʻonada 141 ming nafar yigit-qiz saylovda ilk bor qatnashadi

17:06 21 Oktyabr 2021 Jamiyat
753 0

11-Fargʻona okrug saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. OAV vakillari dastlab okrug saylov komissiyasi faoliyati, okrug saylov komissiyasining 21 nafar aʼzosi hamda matbuot markazida jurnalistlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

-Ayni kunlarda 1 ming 203 ta uchastka saylov komissiyasida tayyorgarlik jarayoni belgilangan tartib-tamoyillar asosida yakuniga yetkazilyapti, - deydi 11-Fargʻona okrug saylov komissiyasi raisi Erkin Nuraliyev. – Saylov kodeksiga koʻra, 14-20-oktyabr kunlari muddatidan oldin ovoz berish jarayoni tashil etilib, viloyatda qariyb 65 ming nafar saylovchi ushbu huquqdan foydalandi.

Bu yilgi saylovda ishtirok etuvchi 2 mln. 276 ming nafar saylovchilarning elektron roʻyxati shakllantirilib, uchastka saylov komisssiyalariga saylov varaqalari, himoya kiyimlari, niqob va qoʻlqoplar, antiseptik vositalar toʻliq yetkazib berildi. Pandemiya sharoitida saylovni sanitariya talablari asosida oʻtkazish uchun xavfsizlik choralari koʻrildi.

Taʼkidlash oʻrinliki, saylovchilar umumiy roʻyxatiga kiritilganlarning 634 ming nafari 30 yoshgacha boʻlgan navqiron avlod vakillari boʻlsa, ularning 141 ming nafari ilk marotaba saylovda qatnashadi. Shuningdek, 24-oktyabr kuni viloyatga 25 nafarga yaqin xalqaro kuzatuvchilar kelishi kutilyapti.

Tadbir doirasida jurnalist va blogerlar Fargʻona shahridagi 15-, 88-saylov uchastkalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер