Fargʻona viloyatida xavfsizlik choralari koʻrilmagan 2 ta AGTKSH gaz taʼminotidan ajratildi

20:30 11 Dekabr 2023 Jamiyat
243 0

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Margʻilon shahrida joylashgan “E.Q.” MCHJga qarashli 2 ta avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida oʻrnatilgan texnologik uskunalarning amaldagi meʼyor va qoidalarga muvofiqligi, tabiiy gazni qabul qilib olish, saqlash, tarqatilishi holatlari yuzasidan nazorat tadbiri oʻtkazildi.

Xususan, oʻrganish jarayonida AGTKSHlar faoliyatida aholi hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻilishi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻpol qoidabuzarliklar aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan mutasaddilarga kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi hamda mazkur AGTKSHlar yuqoridagi kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar tabiiy gaz taʼminotidan ajratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер