Fargʻona issiqlik elektr markazida 2 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
Loyiha “On-Grid” rejimida ishlaydi va yiliga qoʻshimcha 5 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi va yiliga 1,2 mln kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.
Buning natijasida yoqilgʻi resurslari tejalib, atmosferaga zararli gazlarning chiqishini kamaytirish imkoni yaratiladi.
Ushbu loyiha Prezidentimiz tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish boʻyicha berilgan qator topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring