“Fargʻona” chegara-bojxona postida “Damas”ga yashirilgan pirotexnikalar aniqlandi
Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasining “Fargʻona” chegara-bojxona posti va DXX Chegara qoʻshinlari xodimlari bilan hamkorlikda post orqali qoʻshni davlatdan kirish yoʻnalishida harakatlanayotgan fuqaroga tegishli boʻlgan “Damas” rusumli avtotransport vositasi postda bojxona nazoratidan oʻtkazildi.
Bojxona koʻrigi natijasida avtomashina orqa oʻrindigʻi ostida maxsus yasalgan xufiya qismga haydovchi tomonidan xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 16 mln. soʻmlik 16500 dona peterdalar va 55 dona mushaklar bojxona nazoratidan yashirilib mamlakatimizga olib kirmoqchi boʻlganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring