“Facebook” dunyoning eng qimmat brendlari reytingida kuchli beshlikka kirdi

19:39 29 Iyul 2020 Dunyo
961 0

Illyustrativ surat

“Forbes” jurnali dunyoning eng qimmat brendlari reytingini eʼlon qildi. Unda Amerikaning “Apple” korporatsiyasi birinchi pogʻonani band etgan. Yil davomida uning qiymati 17 foizga oshib, 241,2 milliard dollarga yetgan.

Reytingda ikkinchi oʻrindan “Goggle” (207,5 milliard dollar) joy oldi.

Keyingi yuqori oʻrinlarni “Microsoft” (162,9 milliard), “Amazon” (135,4 milliard) band etdi.

Eʼtiborlisi, qiymati 70,3 milliard dollarni tashkil etgan “Facebook” kuchli beshlikka yakun yasadi. U “Coca-Cola” (64,4 milliard dollar)ni quvib oʻtdi.

Oʻtgan yilning iyun oyida dunyodagi eng qimmat kompaniya sifatida Amerikaning “Amazon” kompaniyasi eʼtirof etilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер