“Ezidyor” egalariga “Sayohat” restorani berildi

11:55 04 Oktyabr 2019 Jamiyat
1802 0

Bu haqda huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev quyidagilarni maʼlum qildi:

“Yodingizdami, iyul oyida Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi tadbirkor manfaatini koʻzlab, Toshkent shahar hokimligini sudga berib, gʻalaba qozonganini yozgan edi.

Unga koʻra, “Tashkent City” qurilishi munosabati bilan buzib tashlangan “EZIDYOR” restoranining egasi 1 yildan buyon sarson boʻlib yurgani, Toshkent shahar hokimligi vaʼdasining ustida turmay, restoranning oʻrniga berilishi aytilgan “Sayohat” restoranini haligacha tadbirkorga oʻtkazib bermagani aytilgandi.

Olingan maʼlumotlarga koʻra, sentyabr oyiga kelib “Sayohat” restorani davlat balansidan tadbirkorlar nomiga toʻliq oʻtkazib berilibdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligida boʻlib oʻtgan uchrashuvda “GRAND DUET” MCHJ Oʻzbekiston-BAA qoʻshma korxonasi rahbari Sherzod Sobirov maʼlum qildi.

U oʻz navbatida bir yildan buyon hal boʻlmayotgan masalani ijobiy tomonga oʻzgarishga hissa qoʻshgan barcha mutasaddi rahbarlarga, Savdo-sanoat palatasiga, shuningdek OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda ushbu masalani yoritib, tadbirkorlarning manfaatlarini himoya qilgan barcha jurnalist va blogerlarga minnatdorlik bildirdi.

Qonuniy huquqlarning tiklanishi juda yaxshi ish. Oʻsha huquqlarning umuman buzilmasligi – barchasidan aʼlo”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер