Ezgulikka undovchi amallar

17:14 06 Mart 2018 Madaniyat
1916 0

Qur’oni karim musobaqasining Zomin tumanidagi “Ma’rifatli” jome masjidida tashkil etilgan Jizzax viloyati bosqichida 18 yoshdan 40 yoshgacha bo’lgan ishtirokchilarning bilim va mahorati sinovdan o’tkazildi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda diniy bag’rikenglikni ta’minlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda ilk bor qori va qoriyalar o’rtasida uch bosqichda o’tkazilayotgan mazkur tanlov bu borada muhim tadbirlardan biri bo’ldi.
— Qur’on musobaqasini aholi katta shodu xurramlik bilan kutib oldi, — deydi Jizzax viloyati bosh imom-xatibi Mehmonxon Jabborov. — Qur’oni karim muslimlarni pok e’tiqod, yaxshi amallar bilan yashashga undagan. Ushbu tadbir ilohiy Kalomning fayzini dillarga jo etish, qori hamda qoriyalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning noyob fazilatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bellashuvda “Hifz” (Qur’oni karimni to’liq yod olgan) yo’nalishi bo’yicha 18 — 25 yoshli qatnashchilar o’rtasida Ansoriddin Mamarasulov, 26 — 40 yoshlilar o’rtasida Abdulhamid Saidazimov g’oliblikni qo’lga kiritdi. “Tilovat” yo’nalishida 18 — 25 yoshlilar o’rtasida Anvar Qosimov, 26 — 40 yoshdagi ishtirokchilar orasida Muhammad Raimjonov birinchi o’rinni egalladi.
Shuningdek, musobaqada qoriyalar chiqishlari ham alohida e’tirofga sazovor bo’ldi. “Tilovat” yo’nalishida 18 — 25 yoshlilar o’rtasida Nafisa Mamirova, 
26 — 40 yoshli qoriyalar o’rtasida Yorqinoy Bozorova hakamlar hay’ati tomonidan g’olib, deb topildi.
Har bir yo’nalishda birinchi o’rinni qo’lga kiritganlar tanlovning respublika bosqichida qatnashadi. o’olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.
Tolibjon ERGAShEV,
«Xalq so’zi» muxbiri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер