Ezgu amal yoʻlidagi aldov...
Mamlakatda barcha sohalarda rivojlanish boʻlayotgan bir paytda oʻz ishidan faqat pul ishlash ilinjida foydalanuvchi vatandoshlarimiz xam yoʻq emasligiga ayrim voqealar guvohlik beradi. Namangan shahridan Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga kelib tushgan arizaga koʻra bir qator yurtdoshlarimiz “Haj“ ziyorat safariga borish uchun Namangan shahrida joylashgan maxsus firma bilan shartnoma imzolashgan.
Lekin aytilgan vaqt ichida joʻnab ketisha olmaydi sababi, aytilgan “Viza“ ning chiqmagani. Fuqarolar andisha qilib:-Mayli boʻlar ish boʻldi, endi pullarni qaytaring! deyishganda firma rahbari oʻzini paysalga solib turli vajlarni keltirib, odamlarni aldab kelayotgan edi. Lekin sabr kosasi toʻlgan fuqaro pullarini qaytarib olishda amaliy yordam soʻrab Federatsiyaga murojaat qiladi. Federatsiya xodimlari tomonidan voqea oʻrganilib tadbirkor bilan tushuntirish ishlari olib borildi va 7.500$ (yetti ming besh yuz AQSH dollari) oʻz egasiga qaytarildi.
Ezgu maqsad yoʻlida safarga otlangan insonlarni-da aldab, foyda topishni istayotganlarni koʻrganda hayratdan yoqa ushlaysan kishi. Xulosa oʻrnida har birimizni insof va iymondan ayirmasin deb qolamiz!
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring