Yevroparlament deputatlari NATOni Ukrainani alyansga integratsiya qilishni boshlashga chaqirdi

23:27 15 Iyun 2023 Dunyo
796 0

Illyustrativ foto

Yevroparlament (YEP) aʼzolari NATOni Ukraina mojarosi tugaganidan keyin mazkur mamlakatni Shimoliy Atlantika alyansiga qoʻshish jarayonini boshlashga chaqirdi. Bu haqdagi rezolyutsiya YEP rasmiy veb-saytida eʼlon qilindi.

“Parlament Ukrainaning NATO va Yevropa Ittifoqiga integratsiyalashuvi mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni, shuningdek, Ukraina va Yevro-Atlantika hamjamiyati oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashini taʼkidlaydi”, deyiladi 425 deputat ovoz bergan rezolyutsiyada.

Parlament aʼzolari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va NATO aʼzolarini mojaro tugagandan soʻng Ukraina tomonini zarur xavfsizlik kafolatlari bilan taʼminlash maqsadida Ukraina ittifoqqa yakuniy qabul qilinishidan oldin ham Kiyev bilan yaqindan hamkorlik qilishga chaqirdi.

Avvalroq, Ukraina mudofaa vaziri oʻrinbosari Volodimir Gavrilov alyansning iyul oyida Vilnyusda boʻlib oʻtadigan sammitida mamlakat NATOga aʼzo boʻlish algoritmini olishini maʼlum qilgandi. Uning soʻzlariga koʻra, harbiy harakatlar yakunlanib, muayyan tartiblar amalga oshirilgandan soʻng ikki yil ichida davlat blokka qoʻshiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер