Yevropada keng koʻlamli urush xavfi soʻnggi 30 yildagi eng yuqori choʻqqida — YEXHT raisi Rau

01:14 09 Fevral 2022 Dunyo
1160 0

Illyustrativ foto

Rossiyaning «Novosti» axborot agentligi xabar berishicha, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YEXHT) raisi, Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau Yevropada keng koʻlamli urush xavfi soʻnggi 30 yildagi eng yuqori choʻqqida ekanini maʼlum qilgan.

“Yevropa xavfsizligi va global xavfsizlik haqida gap ketganda, biz juda qaltis pallada turibmiz. Ayni damda Yevropada jiddiy urush xavfi soʻnggi 30 yildagi eng yuqori choʻqqida”, degan Rau.

Uning taʼkidlashicha, Ukraina atrofidagi ziddiyatlarning keskinlashuvi nafaqat insonlar jabr koʻrishini, balki jiddiy siyosiy, iqtisodiy va harbiy oqibatlarni ham anglatadi.

Rauning qayd etishicha, u Yevropada xavfsizlik mavzusini Rossiya bilan yana bir bor muhokama qilishda maʼno bor, deb hisoblaydi va bu masalaga optimizm bilan yondashmoqda.

Avvalroq, Rossiya Federatsiyasining Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti huzuridagi doimiy vakili Aleksandr Lukashevich Rossiya Polshaning YEXHTdagi vakillari tomonidan bildirilgan “Yevropa xavfsizligi boʻyicha yangilangan muloqot”ni taʼsis etish boʻyicha tashabbusni YEXHTdagi barcha mavjud formatlarni takrorlagani sababli qoʻllab-quvvatlamaganini maʼlum qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер