Yevropa va AQSHda koronavirus tufayli qoʻyilgan cheklovlar qachon bekor qilinishi maʼlum qilindi
Foto: AP
Koronavirusning tarqalishi sababli Yevropada va AQSHda joriy qilingan cheklov choralari yoz oxirigacha olib tashlanishi mumkin.
Bu bashoratni Germaniyaning “BioNTech” bioinjenering kompaniyasi bosh direktori Ugur Shahin “Welt am Sonntag” nashriga bergan intervyusida aytib oʻtdi. Maʼlumki, ushbu kompaniya AQSHning yirik farmatsevtika "Pfizer" kompaniyasi bilan hamkorlikda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqqan va bugungi kunda keng qoʻllanilmoqda.
“Oʻsha paytga borib, virus tarqalishida ”portlash" va mutatsiyalar boʻlishi mumkin. Lekin ular bizni qoʻrqitmaydi ”, deydi u.
Shahinning izohlashicha, koronavirus butunlay yoʻq boʻlib ketmaydi va vaziyat ustidan nazoratni tiklash uchun kamida yana bir yil kerak boʻladi.
17-mart kuni Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Yevropada koronavirus bilan bogʻliq vaziyat yomonlashganini maʼlum qildi. Uning qayd etishicha, bu emlash tezligining pasayishi bilan bogʻliq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring