Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 12-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB)ning Markaziy Osiyo boʻyicha boshqaruvchi direktori Jujanna Hargitay boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda Iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari Bobur Xoʻjayev, DXShni rivojlantirish departamenti direktori Abduqodir Yoqubov hamda mehmonlar tomonidan YTTBning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Andi Aranitasi, YTTB katta siyosiy maslahatchisi Jonatan Aves, mintaqaviy yetakchi iqtisodchi Erik Livny va boshqa masʻul vakillar ishtirok etdilar.
Muloqot davomida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar natijalari va kelgusi rejalar, xususan, davlat ishtirokidagi korxonalar va davlat banklarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish, “Global Metan Pledge” xalqaro “Yashil” transformatsiya tashabbusi doirasidagi hamkorlik, kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirish strategiyasi, davlat-xususiy sherikligi loyihalari, kapital bozorini rivojlantirish muhokama qilindi.
Shuningdek, suhbatda tomonlar mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, suv resurslaridan foydalanish, energetika sohasini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Muzokaralar yakunida tomonlar yuqorida qayd etilgan sohalar yuzasidan oʻzaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va mustahkamlashga kelishib oldilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring