Yevropa Ittifoqida koronavirusga qarshi vaksinadan foydalanishga ruxsat berildi
Yevropa dori vositalari agentligi (YEMA) Yevropa Ittifoqida “Pfizer“ va ”BioNTech“ kompaniyalarining ”Covid-19” qarshi vaksinasidan foydalanishga ruxsat berdi.
“YEMA ”Pfizer“ va ”BioNTech“ kompaniyalari vaksinasidan 16 yosh va undan katta yoshdagi odamlarni emlashni tavsiya qiladi”, deyiladi agentlik tomonidan berilgan bayonotda.
Hujjatga koʻra, YEMA tavsiyalari “Yevropa Komissiyasining Yevropa Ittifoqida ”Covid-19“ vaksinasini avtorizatsiya qilish uchun eshikni ochishi” aytilgan.
Taʼkidlanishicha, YEMA vaksinaning sifati, xavfsizligi va samaradorligi toʻgʻrisida ishonchli maʼlumotlar asosida shunday xulosaga kelgan.
“Bu ijobiy yangiliklar koʻplab odamlarning azob-uqubatlari va muammolarini keltirib chiqargan ushbu pandemiyaga qarshi kurashish yoʻlidagi muhim qadamdir”, dedi YEMA bosh ijrochi direktori Emer Kuk.
Bundan tashqari, Kukning aytishicha, emlash Buyuk Britaniyada topilgan “Covid-19” yangi shtammiga qarshi samarali boʻlmaydi degan fikrlar yoʻq.
“Hozirda ushbu vaksina yangi koronavirusning yangi shtammi qarshi ishlamaydi degan dalil yoʻq”, - deydi u.
“Biz Yevropa Ittifoqida vaksinani olgan odamlarni himoya qilish uchun emlash xavfsizligi va samaradorligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplashni va tahlil qilishni davom ettiramiz”, dedi Kuk.
Manbaga koʻra, 27, 28 va 29-dekabr kunlari Yevropa Ittifoqi boʻylab ommaviy emlashlar boshlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring