Yevropa Ittifoqi koronavirusga qarshi ikkita vaksinadan voz kechmoqchi
Yevropa Ittifoqi “COVID-19”ga qarshi ”AstraZeneca“ va ”Johnson & Johnson" vaksinalari tufayli kelib chiqayotgan muammolardan xulosa chiqarishi mumkin. Unga koʻra, kelgusi yilda ushbu preparatlardan foydalanmaslik nazarda tutilmoqda.
Manba koʻra, Yevropa Ittifoqi “Pfizer Inc/BioNTech” va “Moderna Inc” kompaniyalari vaksinalariga asosiy eʼtiborni qaratadi.
Fransiya Iqtisodiyot vazirligi vakili Anyes Panye-Ryunashe"BFMTV“ kanaliga bergan intervyusida “Buning ehtimoli juda yuqori”, deb aytgan.
Shuningdek, uning taʼkidlashicha, Yevropa Ittifoqi kelgusi yil uchun “Pfizer Inc/BioNTech” va “Moderna Inc“ vaksinalaridan farqli oʻlaroq, ”AstraZeneca“ hamda ”Johnson & Johnson” preparatlari boʻyicha yangi shartnomalarni muhokama qilishni boshlamagan.
Soʻnggi paytlarda “AstraZeneca“ va ”Johnson & Johnson” kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan vaksinalar bilan emlanganlarda tromboz (qon quyuqlashish) holatlari paydo boʻlayotgani haqida juda koʻp xabarlar tarqalmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring