Yevropa davlatlari Rossiyani DХR va LХRni tan olmaslikka chaqirdi
Illyustrativ foto
Fransiya, Germaniya, Irlandiya, Estoniya, Albaniya va Norvegiya BMTda Rossiyani Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olmaslikka chaqirib, bunday qadam Minsk kelishuviga zid ekanini qayd etdi.
“Hech shubha yoʻqki, bunday qadam Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzadi va Minsk kelishuviga mutlaqo mos kelmaydi”, deydi Fransiyaning BMTdagi doimiy vakili Nikolya de Rivyer.
Seshanba kuni Rossiya Davlat dumasi prezident Vladimir Putinga Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olish iltimosi bilan murojaat qilgan edi. Putin ushbu murojaatga izoh berar ekan, Donbass muammolarini hal qilish boʻyicha barcha choralar koʻrilishi kerakligini bildirgan. U, shuningdek, qaror qabul qilishda rossiyaliklarning fikri inobatga olinishini taʼkidlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring