Yevropa AQSHni ham Ukraina uchun pul sarflashga chaqirdi

13:45 16 Iyul 2025 Dunyo
399 0

Illyustrativ foto

Yevropa Ittifoqi AQSH prezidenti Donald Trampning Ukrainaga qurol joʻnatishga tayyorligini olqishlaydi, biroq Vashington ham Kiyevga yordamni moliyalashtirishga hissa qoʻshishini istaydi. Bu fikrlarni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili Kaya Kallas aytib oʻtdi.

“Biz prezident Trampning Ukrainaga qoʻshimcha qurol joʻnatish haqidagi eʼlonini olqishlaymiz va biz AQSH yukni boʻlishishini istaymiz”, — deydi u.

Bu soʻzlarga aniqlik kiritish soʻralganda, Kallas amerikaliklarni Ukrainani qoʻllab-quvvatlashni davom ettirishga chaqirdi. Uning soʻzlariga koʻra, agar Yevropa Ittifoqi Ukrainaga qurol-yarogʻ uchun pul toʻlasa, bu ittifoqni qoʻllab-quvvatlashdir va AQSH ham shunday qilishi kerak.

Avvalroq Tramp NATOning Ukrainaga qurol-yarogʻ yetkazib berish boʻyicha kelishuvi doirasida “Patriot” havo mudofaa tizimlarini birinchi yetkazib berish allaqachon boshlanganini aytgandi. Uning soʻzlariga koʻra, “Patriot” Ukrainaga Germaniyadan yetkazib beriladi va buning uchun AQSH pulini toʻliq oladi.

Shuningdek, Kallas Ukraina uchun Rossiya aktivlaridan foydalanish gʻoyasi haqida gapirdi.

“Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlari haqida turlicha fikrda, har kimning bahosini eshitishimiz kerak” — degan Kallas Ukraina uchun Rossiya aktivlaridan foydalanish gʻoyasi haqida gapirib.

Taʼkidlanishicha, diplomat AQSH qurollarini sotib olish uchun rus aktivlaridan foydalanish maqsadga muvofiqligini baholashdan bosh tortgan, biroq bu gʻoyani rad ham etmagan.

“Ukrainaga oʻz-oʻzini himoya qilish uchun koʻproq mablagʻ ajratishimiz kerak. Muzlatilgan aktivlar boʻyicha qarashlarimiz turlicha boʻlsada, hammaning bahosini hamma eshitishi muhim”, — dedi Kallas.

Avvalroq, u Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari avgust oyi oxirida Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan Ukraina Qurolli kuchlarini moliyalashtirish masalasini muhokama qilishini aytgan edi.

Trampning aytishicha, “Patriot” raketa tizimlari allaqachon Ukrainaga yuborilmoqda.

“Ular Germaniyadan keladi. Barcha holatlarda AQSH toʻliq toʻlovni oladi”, — dedi Oq uy rahbari.

Bir kun avval Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Kiyevga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berish Vashington bilan kelishuvga erishganidan keyin bir necha oy davom etishini bildirgan edi.

Uning aniqlik kiritishicha, tomonlar tizimlar soni haqida hozircha xabar bermaslikka qaror qilishgan, chunki ular bitta “Patriot” birligi deganda texnik xususiyatlar va raketalar soni nimani anglatishini hali aniqlay olishmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер